O‘rta umumta’lim maktablarining 10-11-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik. — Toshkent: Yangiyo‘l Poligraf Servis, 2018. — 144 b. — ISBN 978-9943-5244-3-9.
Mazkur darslikda o‘quvchi-yoshlarning qalbida milliy tafakkur va sog‘lom dunyoqarash asoslarini singdirish, ularni ma’naviy tajovuzlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo‘lgan matonatli, fidoyi, vatanparvar insonlar etib tarbiyalash maqsadida ma’naviyatning tub mohiyatiga kirib borishga harakat qilindi. Har bitta mavzuning boshida faollashtirish uchun savol va topshiriqlar berilgan. Aksariyat vaziyat va misollar Siz va tengdoshlaringiz hayotidan keltirilgan. Bular sizning quyi sinflarda olgan bilimlaringizni yodga olishda o‘ziga xos imtihon vazifasini o‘taydi.
Bundan tashqari, har bitta mavzu oxirida «Dars sabog‘i» va «Chiston-topishmoq» berilgan. Ularni diqqat bilan o‘qing, «chiston-topishmoq»larning javobini oila a’zolaringiz bilan birgalikda muhokama qiling. Ular dunyoqarashingiz, fikr-mushohadangiz yanada kengayishiga xizmat qiladi, deb ishonamiz.
Kirish.
10-sinf.Ma’naviyat — beqiyos kuch.
Inson ma’naviyati va o‘zlikni anglash.
Oila ma’naviyati.
Jamiyat ma’naviyatining shakllanishida mahallaning o‘rni.
Inson va jamiyat.
Fuqarolik jamiyatida inson tafakkuri.
Moddiy va ma’naviy hayot — inson ziynati.
Fuqarolik mas’uliyati va daxldorlik.
Ma’naviy xavfsizlik.
Mustahkam iroda — kuchli ma’naviyat kafolati.
Ma’naviyat komillikka yetaklaydi.
Inson ma’naviyatida ma’rifatning o‘rni.
Nafosat (estetika) va ma’naviyat.
Inson ma’naviyatini shakllantirishda imijning o‘rni.
Inson ma’naviyatida etiketning o‘rni.
10-sinfni yakunlaymiz!
11-sinf.Inson — kishilik jamiyatining ijodkori.
Ma’naviyat — millat qiyofasi.
Ma’naviy barkamollik.
O‘zbekiston rivojining ma’naviy-axloqiy negizlari.
Milliy an’analarning inson ma’naviyati yuksalishiga ta’siri.
Ma’naviy merosning inson va jamiyat rivojiga ta’siri.
Oila — muqaddas qo‘rg‘on.
Ma’naviy qadriyatlar rivojida millatlararo totuvlik munosabatlari.
Muloqot va o‘zaro munosabatlarda ma’naviyatning o‘rni.
Aqliy salohiyatning jamiyat ma’naviy yangilanishidagi o‘rni.
Adabiyot — xalq qalbining ma’naviy ifodasi.
Ekologik madaniyat va ma’naviyat uyg‘unligi.
Yoshlar faoliyatida yuksak ma’naviyatni shakllantirish.
Globallashuv sharoitida milliy ma’naviyatga qarshi tahdidlar.
Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda media madaniyatning ta’siri.
Umumlashtiruvchi dars.
Chiston-topishmoqlarning javoblari.