Зарегистрироваться
Восстановить пароль
FAQ по входу

Islomov Z., Rahimjonov D., Najmiddinov J. Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf

  • Файл формата pdf
  • размером 2,32 МБ
  • Добавлен пользователем
  • Описание отредактировано
Islomov Z., Rahimjonov D., Najmiddinov J. Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf
O‘rta ta’lim maktablarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik. — Toshkent: Yangiyo‘l poligraf servis, 2017. — 144 b. — ISBN 978-9943-4936-1-2.
Din azaldan kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlagan. Markaziy Osiyo xalqlari e’tiqod qilib kelgan islom dini ham yuksak insoniy fazilatlarning shakllanishiga xizmat qilgan. Din insoniyatning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog‘liq, ijtimoiy hayotda doimo u bilan birga bo‘lib kelgan.
Dinni o‘rganish — bu inson ma’naviy dunyosini o‘rganishdir. Diniy manbalar insoniyat tarixida sodir bo‘lgan ibratli voqealarni o‘zida mujassam qilgan, ular kishilarni axloqiy tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Bu esa insonning hayot so‘qmoqlarida adashmasligi, yaxshi-yomon, oq-u qorani anglab yetishi hamda o‘z umrini oqilona tashkil etishi uchun asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Natijada insonning turmush tarzi yuksalib, jamiyatda taraqqiy etadi.
Ko‘p millatli, ko‘p konfessiyali O‘zbekistonda mustaqillikka erishilgan ilk yillardanoq din, bag‘rikenglik masalalariga katta e’tibor berildi. Dinning insonparvarlik falsafasi, ezgu g‘oyalari va buyuk ajdodlarimiz merosidan bahramand bo‘lish, ushbu yuksak qadriyatlarning yoshlar qalbidan joy olishi uchun mamlakatimiz ta’lim tizimi sohasida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Dunyo dinlari tarixi bo‘yicha zaruriy ma’lumotlarni o‘zida mujassam qilgan, yoshlarni diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi ushbu darslik ham yurtimizda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarning natijasidir.
So‘zboshi.
Dinning jamiyatdagi o‘rni va vazifalari.
Fan va din.
Dinning paydo bo‘lishi va shakllari.
Yahudiylik.
Yahudiylik marosimlari va oqimlari.
Buddaviylik.
Buddaviylik ta’limoti.
Xristianlik.
Xristianlik ta’limoti.
Markaziy Osiyoda islom.
Islomdagi mazhablar va aqidaviy ta’limotlar.
Tasavvuf va tariqatlar.
O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik va ijtimoiy barqarorlik.
Yurtimiz mutafakkirlarining jahon ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi.
Din va «ommaviy madaniyat».
Ksenofobiya va din.
Dunyo dinlarida tinchlik g‘oyasi.
Missionerlik — yoshlar kelajagiga tahdid.
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunning mazmun-mohiyati.
O‘zbekistonning din niqobidagi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashdagi o‘rni.
Kibermakonda din va axborot iste’moli madaniyati.
Dinlarda hayot qadri.
Dunyoviylik — dahriylik emas.
Diniy atamalarning izohli lug‘ati.
  • Чтобы скачать этот файл зарегистрируйтесь и/или войдите на сайт используя форму сверху.
  • Регистрация