O‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik. — Toshkent: Yangiyul Poligraph Service, 2018. — 144 b. — ISBN 978-9943-5245-0-7.
«Dunyo dinlari tarixi» fanini o‘rganar ekansiz, e’tiqodingizdan qat’i nazar boshqa dinlarni kamsitmasligingiz, boshqalarning diniy his-tuyg‘ularini hurmat qilish qoidalariga rioya qilishingiz zarur.
Darslikdagi mavzular bo‘limlarga ajratilgan. Har bir bo‘limda darsda o‘rganiladigan asosiy tushunchalar, mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar, allomalar va buyuk davlat arboblarining ibratli fikrlari, qiziqarli faktlar, ijodiy faoliyat hamda mustahkamlash uchun savollar o‘rin olgan. Matnda uchraydigan ba’zi atamalar sharhini kitob oxirida berilgan lug‘atdan topishingiz mumkin.
Darslikni tayyorlashda mavzularga oid ilmiy va diniy-ma’rifiy adabiyotlardan, davriy nashrlar, turli diniy konfessiyalarning aqidaviy qarashlari bayon etilgan hujjat va muqaddas kitoblardan, internet tarmog‘ idagi ma’lumotlardan, shuningdek, badiiy adabiyotlardan foydalanildi. Kitobda jahon dinlarining muqaddas diniy manbalaridan iqtiboslar keltirilgan.
Kirish.
O‘zbekistonda xavfsizlik va barqarorlik muhitini shakllantirish.
Dinshunoslikdagi zamonaviy tendensiyalar.
Davlat va din munosabatlari.
Din va ijtimoiy hayot.
Markaziy Osiyo dinlari.
Jahon dinlari manbalari: buddaviylik va xristianlik.
XX–XXI asrlarda islom.
XX–XXI asrlarda islom dinidagi oqimlar va sektalar.
O‘zbekistonning xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashdagi o‘rni.
XX–XXI asrlarda tariqatchilik.
XX–XXI asrlarda din va madaniyat.
XX–XXI asrlarda diniy an’ana va marosimlar.
Zamonaviy axborot tarmoqlari va din omili.
XX–XXI asrlarda dunyoning konfessional manzarasi.
XX–XXI asrlarda missionerlik va prozelitizm.
Diniy bag‘rikenglik madaniyati va konfessiyalararo muloqot.
O‘zbekistonda diniy ta’lim.
Glossariy.